Amazon.com platformasidan foydalanish uchun o‘zbek tilidagi qo‘llanma ishlab chiqildi

Amazon.com platformasidan foydalanish uchun o‘zbek tilidagi qo‘llanma ishlab chiqildi

Savdo-sanoat palatasi tomonidan mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlarini chet el bozorlariga eksport qilinishini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ilk bor o‘zbek tilidagi qo‘llanma ishlab chiqildi. Qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism platformaning imkoniyatlari, unda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish shartlari kabi mavzularda ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Qo‘llanmaning ikkinchi qismi esa Amazon.com elektron savdo platformasida sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish, platformaning mavjud ta’riflari, ma’lumotlarni kiritish tartibi, zarur hujjatlar haqida to‘liq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.

"Tadbirkorlarimizni yaratilgan imkoniyatdan to‘liq foydalanishga va elektron savdo orqali mahsulotlar eksportini yanada oshirishga chorlaymiz", deyiladi xabarda.

Batafsil ma’lumot bilan SSP saytida tanishishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar