O‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida sotishlari mumkin

O‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida sotishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni mahsulotlarini Walmart sho‘ba korxonalarida joylashtirishga taklif qiladi.

O‘zbekistonning milliy mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksportini rivojlantirish maqsadida Xitoyning “Sam’s Club China” ulgurji va chakana savdo markazlari tarmog‘i bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

“Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘i AQShning “Walmart Inc.”savdo tarmog‘iga qarashli bo‘lib, Xitoyda faoliyat yuritayotgan mazkur savdo tarmoqlari uchun xalq iste’moli tovarlarini chet eldan import qilish bilan shug‘ullanadi.

“Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘i bo‘yicha batafsil ma’lumotni veb-saytidan olishingiz mumkin.

“Sam’s Club China” savdo markazlari orqali o‘z mahsulotlarini Xitoyda sotmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari ilovadagi so‘rovnoma-anketani to‘ldirgan holda “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘iga taqdim etishlari, mahsulot yetkazib berish takliflari saralab olingandan so‘ng, “Sam’s Club China” savdo markazi tomonidan hamkorlik shartlari va talablari ma’lum qilinadi.

Hozirda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida o‘z mahsulotlarini sotish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining takliflari yig‘ilmoqda.

Shu munosabat bilan, Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida o‘z mahsulotlarini sotish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari ilovadagi so‘rovnoma-anketalarni to‘ldirib, elektron ko‘rinishda 2021 yil 1 aprelga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlari mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar