2022 yilning III chorak yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi (joriy narxlarda) 37065,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2%ga o‘sish qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi YaIMni shakllantirishda Andijon viloyatining qo‘shgan hissasi 5,9%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM 11304,3 ming so‘mni tashkil etib, uning o‘sish sur’ati (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan) 7%ga yetdi.
Viloyatda dastlabki 9 oy davomida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 35945,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan nisbatan 25%ga o‘sish kuzatilgan. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 9,2%ni tashkil qilgan.
Andijon viloyatda 26991,1 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 59%ni tashkil etdi. Respublika iste’mol tovarlarida viloyatning ulushi esa 19,6%ni tashkil qilgan.
Viloyatda 24807,8 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 4%ga oshgan.
Viloyatda tashkil etilgan qurilish ishlari hajmi 4899,1 mlrd. so‘mga yetib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 7%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,2%ni tashkil qilgan.
Viloyatda chakana savdo hajmi 14665,7 mlrd. so‘mni tashkil yetib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 10%ga oshgan.
Andijon viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12640,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 12%ga o‘sgan. Viloyatning respublika ko‘rsatgichiga qo‘shgan hissasi 5% ni tashkil etadi.
Andijon viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘tgan 9 oy davomida o‘sish sur’ati 15%, respublika ko‘rsatgichiga qo‘shgan hissasi esa 5,1%ni tashkil qilib, ularning hajmi 9737,6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
Viloyat hududida joriy yilda 7111 ta yangi kichik biznes subektlari (KBS) tashkil etilib, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilgi jami yangi tashkil etilgan kichik biznes subektlarining 92,5% tashkil qilmoqda. Shuningdek yangi tashkil etilgan KBSlar soni Respublika ulushida 10,8%ni egallamoqda.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 3171,8 mln. AQSh dollarni tashkil qilgan holda, 2021 yilning mos davriga nisbatan 46%ga o‘sgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 8,8%ni tashkil qilgan.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan eksport hajmi 863,4 mln. AQSh dollarni tashkil qilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 37%ga, import hajmi esa 2308,4 mln. AQSh dollarni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 50%ga oshgan. Viloyat eksport va import hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi mos ravishda 6,1% va 10,5%ni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish