Yil yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi joriy narxlarda 54 464,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilga nisbatan 8,6 %ga o‘sish qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMni shakllantirishda Andijon viloyatining qo‘shgan hissasi 6,1% ni tashkil etdi.
O‘tgan yilda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 2021 yilga nisbatan 24% pasayib, 5406 tani tashkil etdi.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi 16 564,0 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2021 yilga nisbatan 6,4%ga oshgan.
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 14 758,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 19,9%ga o‘sish qayd etildi.
YaHM tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 29,0% (2021 yilda 25,9%), qishloq xo‘jaligi ulushi 41,3% (2021 yilda 43,3%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 29,7% (2021 yilda 30,8%) ni tashkil qilgan.
Viloyatda o‘tgan yili ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 54 122,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 22,6%ga o‘sish kuzatilgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 9,8%ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 16 459,7 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 20,1%ga o‘sish kuzatilgan.
Viloyatda 40 834,7 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilga nisbatan 43,1%ga ortgan. Respublika iste’mol tovarlarida viloyatning ulushi sezilarli darajada yuqori bo‘lib, 20,6%ni tashkil qilgan.
Andijon viloyati 2022 yilda respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 10,3%ini yetishtirgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 37 403,9 mlrd.so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 3,5%ga oshgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 11 375,4 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,4%ga o‘sish kuzatilgan.
Viloyatda tashkil etilgan qurilish ishlari hajmi 6738,2 mlrd.so‘mga yetib, 2021 yilga nisbatan 7,2%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,2%ni tashkil qilgan.
Viloyatda o‘tgan yilda chakana savdo hajmi 21 889,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 11,3%ga oshgan. Chakana savdo tovar aylanmasining 89,1%i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan.
Andijon viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17 642,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 12,9%ga oshgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 365,5 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2021 yilga nisbatan 10,6%ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 281,4 mln.dollarni tashkil qilgan holda, 2021 yilga nisbatan 35,3%ga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 8,6%ni tashkil qilgan.
2022 yilda jami amalga oshirilgan eksport hajmi - 1 246,2 mln.dollarni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 27,3%ga ortgani kuzatilgan. Import hajmida esa 2021 yilga nisbatan sezilarli darajada (38,8%) o‘sib, 3 035,3 mln. dollarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish