Joriy davrda 12 221,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 108,6%ni tashkil etdi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1 810,1 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar hajmining 15,0% o‘zlashtirildi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 10 401,4 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar hajmining 85,0% o‘zlashtirildi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2 117,7 mlrd. so‘m, aholi mablag‘lari hisobidan jami 1 405,7 mlrd. so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6 568,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 310,0 mlrd. so‘m, davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 206,1 mlrd. so‘m, davlat byudjeti 1 291,9 mlrd. so‘m, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 167,5 mlrd. so‘m miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati (56,8%) va qishloq xo‘jaligi (5,6%), eng kam ulush esa sog‘liqni saqlash (1,7%), axborot va aloqa (0,6%), va tog‘-kon sanoatiga (0,5%) investitsiyalar kiritilgan.
Shaharlar va tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta hajmi Buloqboshi tumanida 3 662,0 mlrd. so‘mni, asosiy kapitalga investitsiyalarning eng kichik hajmi esa Buloqboshi tumanida 140,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, kiritilgan investitsiyalar hajmining yuqori o‘sishi Buloqboshi (276,0%), Marhamat (130,2%), Jalaquduq (128,6%), tumanida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oltinko‘l (55,4%) va Asaka tumanlarida (46,1%) kuzatildi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida umumiy maydoni 944,3 ming kv.m bo‘lgan yangi turar-joylar ishga tushirildi, shundan 604,2 ming kv.m bo‘lgan turar joylar qishloq joylaridagi joylar hisoblanadi. Bundan tashqari 10,4 km gaz va 80,7 km suv tarmoqlari ishga tushirildi.
Izoh qoldirish