2021 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining Andijon viloyati tashqi savdosidagi ulushi 695,3 mln. AQSh dollarini yoki umumiy tashqi savdo aylanmasining 14,2% tashkil etdi. 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) import hajmi 54,2%, eksport hajmi 111,3% ga o‘sgan.
Andijon viloyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) eng katta o‘zgarish Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi: tashqi savdo aylanmasi 35 8081,7 ming dollar. Eng kam tashqi savdodagi ulush esa Turkmanistonga to‘g‘ri keladi (2 175,5 ming dollar).
2021 yil yakuni bo‘yicha Andijon viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi hajmi:
Andijon viloyatining Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 347 975,5 ming AQSh dollariga, import hajmi 10 106,2 ming AQSh dollariga yetdi.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 330 357,2 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 300 491 ming AQSh dollariga, import hajmi esa 29 866,1 ming AQSh dollariga yetdi.
Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 4 701,6 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 1 942,3 ming dollarga, import hajmi esa 2 759,3 ming dollarga yetdi.
Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 2 175,5 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 1 226, 8 ming dollarga, import hajmi 948,7 ming dollarga yetdi.
Izoh qoldirish