AQSh Federal zaxira tizimi stavkalarni nolgacha tushirdi

AQSh Federal zaxira tizimi stavkalarni nolgacha tushirdi

AQSh Federal zaxira tizimi o‘zining navbatdan tashqari yig‘ilishida federal fondlar bo‘yicha maqsadli stavkalar diapazonini 0—0,25 foziga qadar tushirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Federal zaxira tizimi iqtisodiyot «yaqinda ro‘y bergan voqealarni boshdan kechirib bo‘lgani, shuningdek, maksimal bandlik va narx barqarorligi maqsadlariga intilayotganiga ishonch hosil qilguniga qadar» stavkalarni nolga yaqin darajada ushlab turish niyatida.

Shuningdek, Federal zaxira tizimi iqtisodiyotni koronavirus ta’siridan himoya qilish uchun bir qator qo‘shimcha choralarni e’lon qildi:

  • Yaqin oylarda u AQSh davlat obligatsiyalaridagi portfelini kamida 500 milliard dollarga, Ginnie Mae, Fannie Mae va Freddie Mac kabi yarim davlat agentliklari tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari portfelini esa kamida 200 milliard dollarga oshiradi;
  • Hozirda FZT balansi 2,5 trillion dollardan ortiq davlat obligatsiyalarini va 1,37 trillion dollarlik agentliklarga tegishli ipoteka qog‘ozlarini o‘zi ichiga olgan. Shunda qilib, g‘aznachilik obligatsiyalari portfeli 3 trillion dollarga qadar, ipoteka qog‘ozlari esa — taxminan 1,6 trillion dollarga oshadi;
  • Shu bilan birga, FZT aktivlari 4,3 trillion dollardan 5 trillion dollarga qadar o‘shib, rekord natijani qayd etadi (bundan oldingi rekord 2015 yilning yanvarida qayd etilgan).

Federal zaxira tizimi, shuningdek, banklarga «diskont oyna» deb nomlanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish shartlarini ham o‘zgartirgan (xuddi 2008 yilgi inqirozdagi kabi). Ushbu kreditlar stavkasi birdaniga 1,5 foiz punktiga — asosiy stavka esa — 0,25 foizga pasaytirilgan. Bu diskont stavkalarining tarixiy minimum hisoblanadi (hatto 2008—2009 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan). Bundant ashqari FZT bu turdagi zayomlar muddatini bir kundan 90 kunga qadar uzaytirdi.

O‘sha paytda AQSh prezidenti Donald Trump regulyatorning ushbu qarorini mamnuniyat bilan qabul qilgan, ammo Fed yanada qat’iyat bilan harakat qilish va yanada stavkalarni yanada pasaytirish kerakligini ta’kidlagandi. U buni boshqa davlatlarda stavkalar tobora pasayib borayotganini, bu “AQSh uchun adolatsiz” deb tushuntirgandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar