Arab kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 mlrd so‘mga sotib oldi

Arab kompaniyasi

Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi. Auksion taxminan soat davom etgan.

Aktivlarni sotib olgan xaridor ikki yil ichida kamida 25 million dollar pul tikishi va 150 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Mehmonxona kamida uch yulduzliga aylanishi lozim.

Shuningdek, mehmonxonaning yangi egasi 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolishi kerak. Mehmonxona kompleksining bir qismiga (umumiy maydonning 50 foizidan oshmagan) biznes-markaz xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Agarda binoni buzib tashlash rejalashtirilsa, yangi dizayn orginaliga mos kelishi kerak.

Auksionda shtab-kvartirasi BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi 16,9 milliard so‘m bilan g‘olib bo‘ldi. Fajr Mustaqbal General Trading LLC kompaniya esa 16,8 milliard so‘m taklif qildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar