Bankka qo‘yilgan omonatni muddatidan oldin olsa foizi qanday hisoblanadi?

Bankka qo‘yilgan omonatni muddatidan oldin olsa foizi qanday hisoblanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 763-moddasida omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar to‘lashi qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 762-moddasiga asosan, agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yohud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib olish niyatida bo‘lsa, bu qarorini omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin bankni xabardor qilishi shart.

Muddatli yoki boshqa omonat (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno) muddat tugagunga qadar yohud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat foizlari to‘lanmaydi.

Shundan kelib chiqib, mijoz bankni xabardor qilgan holda, omonatni to‘liq yoki qisman olishi mumkin, ushbu holatda omonat uchun hisoblanadigan foiz stavkasi bo‘yicha shartlar bank va omonatchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar