“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi

“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasining “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqiladi. Bu haqda 2021 yil Davlat dasturi loyihasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi 2021 yil 1 noyabrga qadar ishlab chiqiladi va loyihada:

– bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;

– kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

– kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish;

– davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar