Berlinda O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi istiqbollari muhokama qilinadi

Berlinda O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi istiqbollari muhokama qilinadi

2020 yilning 24-26 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining o‘rinbosari U.Abidxodjayev ham bor.

Tashrifdan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining ichki rivojlanishi va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

Tadbir doirasida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner, Iqtisodiyot va tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Federal uyushma boshqaruvi raisi M.Shumann, Fan va siyosat jamg‘armasi – xalqaro siyosat va xavfsizlik instituti rahbari F.Pertesom bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armalar vakillari bilan ham alohida muzokaralar rejalashtirilgan. Shuningdek, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida «Yangi O‘zbekiston sari» mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar