Birjada sement narxi oshdi, shakar va suyultirilgan gaz narxi pasaydi

Birjada sement narxi oshdi, shakar va suyultirilgan gaz narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 19 – 25 iyul kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 278,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 22,8% ga kamdir.

Bunda sotuvlarning 84,6% - birja savdolari; 0,9% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 13,8% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 460,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 30,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 080 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 10,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 16,9% ikkinchi; 11,8% uchinchi; 13,2% to‘rtinchi; 16,7% beshinchi va 30,6% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 082,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 8 830,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 8 730,0 tonnasi, ya’ni 98,9% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 429,8 ming so‘mdan 7 399,2 ming so‘mgacha, ya’ni 0,4% ga pasaygan. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 381,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 279 301,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 157 686,0 tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 39,4 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 508,5 ming so‘mdan 512,9 ming so‘mgacha, ya’ni 0,9% ga ko‘tarildi.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan haftada birja savdolariga 1 809,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning butun hajmi, ya’ni 100,0% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 121 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 6 084,6 ming so‘mdan 5 388,7 ming so‘mgacha, ya’ni 11,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 655,2 ming so‘mni tashkil etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar