Birjada o‘tgan hafta 1 980,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan

Birjada o‘tgan hafta 1 980,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 06 – 12 dekabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 980,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 4,7% ga kamdir.

Bunda sotuvlarning:

82,1% - birja savdolari;

0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;

17,5% - elektron davlat xaridlari;

0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 533,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 39,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 650 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:

6,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;

13,0% ikkinchi;

11,5% uchinchi;

12,9% to‘rtinchi;

18,4% beshinchi;

37,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 625,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 4 787,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 060,0 tonnasi, ya’ni 22,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 160,3 ming so‘mdan 14 669,3 ming so‘mgacha, ya’ni 9,2% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Omuxta yem

O‘tgan haftada birja savdolariga 18 223,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 15 393,0 tonnasi, ya’ni 84,5% hajmi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 259 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yemning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 1 767,0 ming so‘mdan 1 711,2 ming so‘mga, ya’ni 3,2% ga pasaydi.

Texnik chigiti

O‘tgan haftada birja savdolariga 28 949,0 tonna texnik chigiti qo‘yildi va ulardan 28 369,0 tonnasi, ya’ni 98,0% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 7 092,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigitining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 299,2 ming so‘mdan 3 948,8 ming so‘mgacha, ya’ni 8,1% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar