Birjada shakar narxi yanada arzonlashdi
15 iyunda birjaning kechki savdo sessiyasida sotuvchi korxonalar tomonidan 1 000 tonna qo‘shimcha shakar hajmi birja savdolariga qo‘yilishi kutilmoqda.
2022 yil 15 iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan yana 123,8 so‘mga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 631,1 ming so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish