Buxoro viloyatining 2023 yil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Buxoro viloyatining 2023 yil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil  qilindi

Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 53 232,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,2% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 5,0% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 26,3 mln so‘mni tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,4% ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 96,1%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 3,9%ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 26,4% (2022 yilda 26,3%), qishloq xo‘jaligi ulushi 43,4% (2022 yilda 44,1%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 30,2% (2022 yilda 26,3%) ni tashkil qilgan.

Mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining shakllanishida viloyatning hissasi anchayin ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 5,0%ni tashkil etib huddudlar ichida 8-o‘rin, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 5,0%ni tashkil etib 6-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish 8,9%ni tashkil etib 3-o‘rinni egallagan.

Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi, xizmatlar sohasi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar sohalari bo‘yicha hududlar ichida 4-o‘rinni egallab turganligi hudud iqtisodiyotining naqadar ahamiyatli ekanlagini bildiradi.

Shuhratjon Xonqulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar