Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 37,1 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 4,9% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 18 339,9 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 2,6% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 95,8% ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 4,2% ni tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 18% (2022 yilda 17,9%), qurilishning ulushi 8,2% (2022 yilda 8,6%), qishloq xo‘jaligi ulushi 43,2% (2022 yilda 43,5%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 30,6% (2022 yilda 30%) ni tashkil qilgan.
2023 yilning III choragida kichik tadbirkorlik 26 993,3 mlrd. so‘m (2022 yil– 22 856,0 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 73,1% (2022 yil– 74,6%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Murtazayev Ardasher
Izoh qoldirish