O‘zbekiston avtomobil bozoridagi tendensiyalar - CERR

O‘zbekiston avtomobil bozoridagi tendensiyalar - CERR

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi avtomobil bozori holatini tahlil qilish natijalarini muntazam ravishda taqdim etib boradi

Oktyabr oyida avtotransport vositalarining savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 7%ga kam. Yillik ko‘rsatkichda faollikning sezilarli pasayishi 44%dan ko‘proq qayd etildi.

Yengil avtomobillar segmentidagi vaziyat

Yengil avtomobillar segmenti o‘tgan oyga nisbatan 6% kamaygan holda 95,4 ming dona sotilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 43,3%ga sezilarli pasayganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar bo‘yicha ushbu segmentdagi savdolarning eng katta pasayishi Toshkent shahrida – 18,4%, Farg‘ona – 17% va Andijon – 14,4% viloyatlarida qayd etildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15%ga kamaydi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6,2 mingtani avtomobilga kam. Yillik faollik esa 21,8%ga kamaydi.

Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarini savdosi 20%ga kamaydi va 30,2 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik ko‘rsatkichda 22% pasayish kuzatildi.

Xorijiy yengil avtomobillari segmenti o‘sib bormoqda

Oktyabr oyida xorijiy yengil avtomobillar bozorida sotuvlar ko‘paygan. Oy davomida ushbu segmentdagi faollik 35%ga oshdi, atigi bir oy ichida 4,7 mingta xorijiy avtomobil sotildi. Biroq, o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori

Oktyabr oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat faollikning pasayishi va sotish hajmining har yili sezilarli darajada pasayishi bilan tavsiflanadi.

Ushbu segmentda oktyabr oyida 60,4 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu oldingi oyga nisbatan 23 donaga kam, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar ikki baravar kamaydi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Yengil elektromobillar segmenti faollikning rekord o‘sishini ko‘rsatishda davom etmoqda. Oktyabr oyida sotuvlar hajmi sentyabr oyiga nisbatan 20%ga o‘sib, 5,1 ming dona elektromobilni tashkil etdi, sentyabr oyda esa 4,24 ming dona, avgust oyida 1,7 ming dona sotilgan.

Hududlar bo‘yicha olib borilgan tahlillar elektromobillar segmenti faol rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda, xususan, eng ko‘p sotuvlarning o‘sishi Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan.

Yil davomida elektromobillarni savdosi 87,5%ga o‘sdi, bu 2,3 ming dona elektromobilga teng.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar