Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning 1 yanvaridan 31 yanvarigacha bo‘lgan davrda respublikada soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,6 foizga oshgan. Shu bilan birga Qashqadaryo (55,3%), Buxoro (53,5%), Sirdaryo (52,8%) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (45,7%) va Toshkent shahrida (70%) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Soliq tushumlarining o‘sishiga tadbirkorlik faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish, tartibga solish va soliq yukini izchil kamaytirish, tartib-tamoillarni avtomatlashtirish va soliq qonunchiligiga rioya qilish tartiblarini soddalashtirish hisobiga erishildi.
Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 40,6%ga oshdi. Daromadning eng katta o‘sishi Andijon (2,7 marta), Xorazm (2 marta), Toshkent (71,6%), Buxoro (66,4%) viloyatlari va Toshkent (4 marta) shahrida kuzatildi.
Bojxona to‘lovlari hajmining o‘sishi tashqi savdo aylanmasining oshganligini ko‘rsatadi. Import tarkibida mashina va uskunalar, sanoat mahsulotlari salmoqli ulushga ega. Ushbu tendensiya uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishga yordam beradigan ishlab chiqarish ob’yektlarini yaratish va modernizatsiya qilishni ko‘rsatadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,9%ga oshgan. Tovarlar eksport hajmining o‘sishi Qashqadaryo (67%), Surxondaryo (65,5%), Samarqand (53,8%), Farg‘ona (46,6%), Namangan (46,1%) va Xorazm (31,0%) viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekiston eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari bilan izohlanadi
Joriy yilning 1 yanvaridan 31 yanvarigacha bo‘lgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.
Berilgan kreditlar hajmining o‘sishi faqat Andijon (3,2 barobar), Samarqand (95,8%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6%) kuzatilmoqda. Boshqa barcha hududlarda kreditlar berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichning pasayishi bazis davrda (2021 yil yanvar) jami 1,52 trln.so‘mni tashkil etdi, bu esa joriy yilning yanvar oyida kuzatilmagan.
Bu davrda 7013 ta yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, ularning eng ko‘pi Samarqand (909), Andijon (756), Toshkent (590), Farg‘ona (572) viloyatlarida va Toshkent (1277) shahrida ro‘yxatga olingan.
Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 47,3%ga o‘sdi. Savdo faolligining sezilarli o‘sishi Toshkent (89,4% ga), Namangan (71,4%), Xorazm (45,4% ga) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (50,5%) va Toshkent (81,7%) shahrida kuzatilmoqda.
Bu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi benzin, dizel yoqilg‘isi, qora metallar, polietilen, ozuqabop bug‘doy, qurilish materiallari, spirtli ichimliklari va boshqalar kabi tovarlar savdosini ko‘paytirish orqali ta’minlanmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Karomat Nurillayev
Izoh qoldirish