Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksini ishlab chiqdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksini ishlab chiqdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil may oyida 918 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilning shu dariga nisbatan 8,2 foizga kamaydi. Ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘tgan oyga nisbatan kamaygan bo‘lsada, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,5 foizga o‘sganligi qayd etildi.

1-rasm. 2021 yilning may oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 8,2 foizga kamaygan.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan

2021 yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8,2 foizga kamayib, 918 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 9,5 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent o‘tgan oy darajasida saqlanib qoldi;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 10,7 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 19,2 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Samarqand viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2021 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda o‘tgan oyga (2021 yil aprel) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Samarqand (35,9%), Sirdaryo (33,0%), Surxondaryo (31,9%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31,1%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga Farg‘ona (- 11,3%), Xorazm (- 10,4%), Qashqadaryo (- 9,9%) va Namangan (- 6,5%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan sezilarli darajada pasayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2021 yil may oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 576,8 ming tani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 481,3 ming tranzaksiyaga (-9,5%) kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda kamaygan.

2021 yil mayda respublikaning barcha hududlarida, yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan kamaygan. Xususan, sezilarli darajadagi kamayish Namangan (-17,8%), Samarqand (-15,5%), Surxondaryo (-15,1%) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-17,2%) kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021 yilning may oyida IFIning birja komponenti o‘tgan oyga nisbatan 0,893 birlikni tashkil etdi va 10,7 foizga kamaygan. Ushbu komponentning kamayishi, bitimlar sonining (-7,0%) hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining (-14,4%) kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil may oyida 5 426,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,6 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil may oyida 1,0000 birlikni tashkil etib, o‘tgan oy darajasida saqlanib qolganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,1 foizga oshgan.

2021 yil may oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar sonining o‘tgan oyga nisbatan 7 283 taga ko‘payishiga qaramasdan ushbu komponent yirik korxonalar (salmog‘i 27%) sonining kamayishi hisobiga pasayish kuzatilgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 116 taga kamaygan.

Hisobot davrida, o‘tgan oyga nisbatan kichik korxonalar soni 436 742 tadan 443 497 tagacha oshgan (o‘sish 6 755 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 106 941 tadan 107 585 tagacha (o‘sish 644 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 068 tani tashkil etib, 2021 yilning aprel oyiga nisbatan 116 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2021 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8079 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning aprel oyiga nisbatan 19,2 foizga kamaygan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 265 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

918

0,9048

0,8930

1,0000

0,8079

Samarqand viloyati

1359

0,8449

2,0000

1,0075

1,3750

Sirdaryo viloyati

1330

0,9162

1,9170

0,9980

0,7500

Surxondaryo viloyati

1319

0,8489

2,0000

1,0084

0,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1311

0,8277

2,0000

1,0051

0,0000

Jizzax viloyati

1150

0,9180

1,5221

0,9988

0,0000

Toshkent viloyati

1045

0,8948

1,2277

0,9977

0,7027

Andijon viloyati

963

0,8637

1,0769

0,9985

0,3333

Buxoro viloyati

957

0,8662

1,0235

0,9944

0,8571

Toshkent shahri

948

0,9513

0,9185

1,0012

0,8964

Navoiy viloyati

943

0,8751

0,9631

1,0075

1,0000

Namangan viloyati

935

0,8222

0,9708

1,0072

1,2500

Qashqadaryo viloyati

901

0,8774

0,9098

1,0005

0,3333

Xorazm viloyati

896

0,8588

0,9184

0,9902

0,3333

Farg‘ona viloyati

887

0,8584

0,8680

0,9773

0,8182

O‘zbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

1255

1,1287

1,0495

1,1410

6,3095

Buxoro viloyati

1501

0,7888

2,0000

1,1124

6,0000

Toshkent shahri

1372

1,1035

1,2861

1,8172

2,3976

Toshkent viloyati

1369

0,7255

2,0000

1,1365

2,1667

Sirdaryo viloyati

1357

0,6290

2,0000

1,1226

3,0000

Jizzax viloyati

1334

0,8142

2,0000

1,1316

0,0000

Surxondaryo viloyati

1287

0,8014

1,9091

1,1061

0,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1282

0,6578

2,0000

1,1424

0,0000

Namangan viloyati

1237

0,7340

1,4311

1,1717

5,0000

Qashqadaryo viloyati

1233

0,7143

1,6233

1,2456

2,0000

Xorazm viloyati

1189

0,7476

1,6028

1,1644

1,0000

Farg‘ona viloyati

1080

0,7536

1,1876

1,1397

3,0000

Samarqand viloyati

1076

0,7211

1,1531

1,1473

3,6667

Navoiy viloyati

1038

0,7372

1,2876

1,0668

1,0000

Andijon viloyati

980

0,6968

1,0853

1,0998

2,0000

Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar