Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sanoat va qurilishda ishbilarmonlik muhitining o‘sishiga ishora qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sanoat va qurilishda ishbilarmonlik muhitining o‘sishiga ishora qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda real sektor va xizmatlar sohasining ishbilarmonlik muhitini o‘rganish va hududlarda biznes-faollik monitoringi natijalari bo‘yicha turkum axborot-tahliliy materiallarni nashr etadi. Biznes holatining qisqa muddatli sifatli baholanishi so‘rovlar va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda real sektor va xizmatlar sohasining ishbilarmonlik muhitini o‘rganish va hududlarda biznes-faollik monitoringi natijalari bo‘yicha turkum axborot-tahliliy materiallarni nashr etadi. Biznes holatining qisqa muddatli sifatli baholanishi so‘rovlar va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

May oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti holati sezilarli darajada yaxshilandi, buni respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi natijalari tasdiqlaydi.

May oyida jamlangan ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi o‘tgan oyga nisbatan 1 punktga oshdi va 60 punktni tashkil etdi, bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi.

O‘z biznesining hozirgi holatini "yaxshi" deb baholagan respondentlarning ulushi 40%ni, "yomon"deb baholagan respondentlar ulushi 12%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, korxonalarning 23%i ishchilar sonini ko‘paytirdi va 45% esa o‘z tovarlari/xizmatlariga talabning o‘sishini qayd etdi.

Jamlangan ko‘rsatkichning o‘sishiga sanoat va qurilish tarmoqlarida biznes-iqlim ko‘rsatkichlari dinamikasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, sanoatda ishbilarmonlik kayfiyati 13 punktga o‘sib, 67 punktga yetdi, qurilish sektorida esa mos ravishda 12 punktga ko‘tarilish, ya’ni 70 punktgacha o‘sish kuzatildi.

Biroq, agar xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi yil boshidan beri ketma-ket to‘rt oy davomida barqaror o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lsa, may oyida u 7 punktga pasayib, 60 punktni tashkil etdi.

Ishbilarmonlik muhitining joriy holatining jamlangan ko‘rsatkichi biroz ko‘tarilib, 46 punktni tashkil etdi, bu qurilish va sanoatdagi joriy holatining sezilarli yaxshilanishi va xizmat ko‘rsatish sohasida hozirgi holatning yomonlashgani bilan izohlanadi.

Biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutishning jamlangan ko‘rsatkichi uch qiymatga o‘sdi va 75 punktni tashkil etdi, bu sanoat sektoridan tadbirkorlarning umidlari yaxshilanganligi sababli optimizm bilan tasdiqlanadi. Xususan, ushbu sektordagi biznes kutilmalari bir oy ichida 20 punktdan ko‘proqqa ko‘tarilib, 61 punktdan 82 punktga ko‘tarildi.

Keyingi 3 oyda biznesining umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi 74%ni tashkil etdi, 69%i tovar va xizmatlarga talabning yanada oshishini kutmoqda, 64%i esa xodimlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, tadbirkorlarning 20%i yaqin 3 oy ichida o‘z tovarlari/xizmatlari narxi oshishini kutmoqda.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari dinamikasi

Umuman olganda, joriy holat ko‘rsatkichlari va kutilayotgan kutilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish iqtisodiyot rivojlanishidagi ijobiy tendensiya kelgusi 3 oyda ham davom etishini bildiradi.

Ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tahlil qilish

Joriy yilning may oyida to‘siqlarga duch kelgan tadbirkorlar soni 6%ga kamaydi. Biznes yuritishdagi to‘siqlarni kamaytirish ko‘rsatkichlarni yaxshilash omili bo‘lishi mumkin. Masalan, moliyalashtirish va yer uchastkalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelgan respondentlarning ulushi bir oy ichida mos ravishda 4% va 10% ga kamaydi.

Aprel-may oylarida yuqori soliq stavkalari haqida savol beradigan tadbirkorlarning ulushi 9%dan 4%ga kamaydi.

Sanoat sektoridagi tadbirkorlar elektr ta’minotidagi muammolar haqida tez-tez xabar berishni boshladilar. Boshqa tomondan, yuqori soliq stavkalari kabi to‘siqlarning pasayishi kuzatildi, ularning soni bir oy ichida 16%ga, yer uchastkalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelgan va xodimlarning yetishmasligi muammosi bor tadbirkorlar 9%ga kamaydi.

Qishloq xo‘jaligi vakillari soliq ma’muriyatchiligidagi muammolar haqida ko‘proq tashvishlana boshladilar, ularning ulushi 9%ga oshdi. Shu bilan birga, moliyalashtirishda qiyinchiliklar mavjudligini qayd etganlar ulushi 15%ga, yer uchastkalari va suv ta’minotida esa 6%ga kamaydi.

Shu bilan birga, qurilish sohasida soliq ma’muriyatchiligi, ruxsatnoma va litsenziyalar, gaz ta’minoti, korrupsiya va kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish kamaydi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida yer uchastkalaridan foydalanishda muammolar ko‘payib bormoqda. Shu bilan birga, moliyalashtirishga kirishda qiyinchiliklarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlar ulushi 3%ga, yuqori soliq stavkalari esa 4%ga kamaydi.

Feruzbek Davletov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Tel.: (+998) 78 150-02-02 (416)

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Tel.: (+998) 78 150-32-20 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar