Chevrolet Onix avtomobili qachon chiqadi?

Chevrolet Onix avtomobili qachon chiqadi?

UzAuto Motors Shevrolet Onix avtomobilining qachon ishlab chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, joriy yilning avgust oyida Shevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

Shevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.

"Shevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar