Maktabgacha ta’lim vazirligining Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan Namangan viloyati Chust tumanidagi 11-son va 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati.
11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2016-2020 yillarda 19 nafar xodimlar nomiga hisoblangan 98 mln.so‘m naqd pullar xodimlarga berilmagan, 14 nafar o‘z vazifalarini bajarmagan xodimlar nomiga 145,7 mln.so‘m ish haqi noqonuniy hisobdan chiqarilgan.
19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018-2020 yillarda 8 nafar xodimlar nomiga hisoblangan 67 mln.so‘m naqd pullar xodimlarga berilmagan, 10 nafar o‘z vazifalarini bajarmagan xodimlar nomiga 63,8 mln .so‘m ish haqi noqonuniy hisobdan chiqarilgan.
"Ushbu MTT direktorlari hozirgi kunda lavozimidan ozod etildi. O‘rganish hujjatlari qonuniy qaror qabul qilish uchun Namangan viloyat prokuraturasiga topshirildi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: 11-sonli MTTdan 98 mln. so‘m va 19-son MTTdan esa 67mln. so‘m, jami 165 mln. so‘m miqdorida davlat byudjetiga yetkazilgan zarar davlat hisobiga undirildi.
Izoh qoldirish