COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta o‘ylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta o‘ylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta o‘ylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir. U salbiy ta’sirlarni yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni barqarorlashtirish, rivojlanish yo‘llarini aniqlash, ushbu xavf-xatar va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun barcha resurslarni safarbar etish imkonini beradi.

- Hozir biz inqiroz sharoitidamiz. Vladimir Lvovich, sizning fikringizcha, qaysi davlatlar o‘z strategiyalari tufayli inqirozni yengib o‘tadi?

- Inqirozning har xil turlari bor: global, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, texnogen. Biz pandemiya keltirib chiqargan global inqiroz bilan ish olib bormoqdamiz. Bunday tahdid, shubhasiz, butun dunyo aholisi hayotiga ta’sir qiladi. Bu XX-XXI asrlar chegarasida yagona bozor makonining yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Albatta, xalqaro hududiy va milliy bozorlar ham mavjud, ammo ularni jahon bozoridan ajratib bo‘lmaydi.

Jahon bozorining shakllanishi dunyo hamjamiyatining yaratilishiga olib keldi. Bunday pandemiya, XIX asrda bo‘lganida, balki Xitoydan tashqarida sezilmay qolishi ham mumkin edi. Shu bilan birga, Xitoyning uzoq muddatli milliy strategiyasi unga nafaqat bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallashga, balki to‘satdan kelgan tahdidlarning oqibatlarini tezroq va osonroq yengish imkonini berdi. Har qanday professional yondashilgan strategiya bir nechta ssenariylar asosida ishlab chiqiladi (ko‘pgina professional bo‘lmagan strategiya ishlab chiquvchilar singari minimal, maksimal va maqbul ssenariylarni ajratib ko‘rsatmaydilar).

Ssenariylar afzallik tomonlari bilan ajralib turishi, oldinda uchrashi mumkin bo‘lgan strategik xavflarga va yangi imkoniyatlarning o‘sishiga qarab farqlanishi kerak. Pandemiyaning butun dunyoga jiddiy ta’siri hammaga ayon. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida strategiyalar ishlab chiqadigan mamlakatlar esa bu vaziyatga tayyor ekani ma’lum bo‘lmoqda. Bunday hujjat har qanday professional tarzda ishlab chiqilgan strategiyaning dastlabki bo‘limlaridan biri bo‘lishi kerak va u har bir rahbar uchun juda zarurdir. Hozirgi karantin va izolyasiya sharoitida ishlab chiqarish sur’ati sekinlashmoqda, YaIMning o‘sish tezligi va mutlaq qiymati pasaymoqda, ishsizlik darajasi ortishi oqibatida qashshoqlik darajasi o‘smoqda.

Strateg oldindan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni baholay olish , eng muhimi esa — insoniyat tarixida ko‘p marta sodir bo‘lgan ulkan epidemiyalar tufayli yuzaga kelgan inqirozlarning davomiyligini hisoblab chiqishi kerak. Ammo, yana shunisi ahamiyatliki, har bir yangi xavf, hatto pandemiya kabi dahshatli tahdid ham kimlargadir yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shulardan, hozirda ba’zi tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga jahon bozorida talab juda katta bo‘lmoqda. O‘z strategik ssenariylarida yuz berishi mumkin bo‘lgan pandemiyani hisobini olgan ishlab chiqaruvchilar yutib chiqadilar.

- Rossiyani nima kutmoqda?

- Men davlatimizning koronavirus bilan to‘qnashganda yuzaga kelgan qiyin vaziyatini baholay oladigan epidemiologiya sohasidagi mutaxassis emasman.Umid qilamanki, kuz oylariga borib epidemiologik vaziyat yaxshilanishni boshlaydi.

- Vladimir Lvovich, strategiya nima? Davlat qurilishi va boshqaruvida uning muhimligi nimada?

— Bu savolga bir nechta javoblar mavjud — qat’iy formulalar va mashhurroq sentensiyalar shaklida. Jurnalingizning ko‘p sonli o‘quvchilari uchun men quyidagi ta’rifni taklif qilishim mumkin: strategiya kelajakdagi noma’lum tartibsizliklar orqali tuzatilgan ustuvorliklar va maqsadlarga yo‘naltirilgan qo‘llanma. Bu donolik bilan tanlangan hujumlar vektoriga resurs cheklovlarini taxmin qilgan holda ko‘paytirilishidir. Barcha fanlar singari strategiya nazariyasi ham falsafadan kelib chiqadi. Biroq, dastlab strategiya aynan harbiy liderlar: Sun Szi, Gay Yuliy Sezar va Vizantiya imperatori Mavrikiy tufayli ishlab chiqilgan. Ular o‘zlarining kitoblari va eslatmalarida bizga amaliy tavsiyalar qoldirishgan, ularning ko‘plari chuqur strategik ahamiyatga ega. XX asr boshlarida strategiya biznes sohasida qaytadan tug‘ildi. Hozirgi kunda u davlat rahbariyati va iqtisodiy menejmentga nisbatan faol rivojlanmoqda. Strategiya metodologiyasidan foydalanish strategik rahbarlar tomonidan belgilangan maqsadlar va ko‘rsatkichlar tomon harakat yo‘nalishini tekshirishga yordam beradi. Davlat, viloyat, korporatsiya boshliqlari strategik fikrlash, boy tafakkurga ega bo‘lsalar, operatsion boshqaruv bilan to‘liq band bo‘lmasalar kelajakka harakat yo‘nalishini o‘zlari belgilashi mumkin. Ammo, strategiya nazariyasiga tayanib yoki professional strateglarning tavsiyalaridan foydalanib , u raqobatchilar uchun kutilmagan va raqiblari uchun xavfli bo‘lgan eng samarali qarorlarni qabul qiladi.

- Strategga qanday bilimlar kerak?

- Strateglar ham, rahbarlar ham strategiya metodologiyasi bo‘yicha maxsus kasbiy bilimga muhtoj. Aytgancha, strategning faoliyati kelajakni oldindan ko‘ra bilish va bashorat qila olish kabi qadimiy «kasblar» dan kelib chiqadi. Kelajakni oldindan ko‘ra bilish eng muhimi, ularning tushunchalari va tavsiyalari noyob sezgi, ong va ong osti yoqasida, ratsional va irratsional chegarada qaror qabul qilish natijasi bo‘lgan. Uzoq asrlar va o‘n yillar davomida kelajakni oldindan ko‘ra bilishga intilishlar turli xil izlanishlarni keltirib chiqardi. Faqat amaliy matematikaning rivojlanishi va XVIII-XIX asrlarda statistik usullarning paydo bo‘lishi kelajakda prognoz qilish kabi fanning yaratilishiga olib keldi, uning asosi rivojlanitirish va rejalashtirishdan olingan.

Strategiya kelajak uchun muhim, samarali va uzoq muddatli qarorlarni ishlab chiqarishda va ularning to‘liq amalga oshishida vosita vazifasini o‘taydi, aniq rejalashtirish orqali maqsadlarni hayotga tatbiq etadi. Strategiyalash prognozlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega va aynan strategiya tufayli eng muhim va ustuvor rejalar amalga osha boshlaydi.

Shu munosabat bilan strateglar hech qachon ichki intuitsiyani e’tibordan chetda qoldirmasligi kerakligini ta’kidlamoqchiman. Ammo bunga ko‘r-ko‘rona erishib bo‘lmaydi, chunki strategik qarorlar, ta’kidlaganimdek, ratsional va irratsionallar chegarasida, nazariyani chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, intuitsiyaga tayangan holda chiqariladi.

Strategiyalash nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy mohiyati strategiya doimo zarur manbalar bilan ta’minlanishi kerakligi bilan bog‘liq. Resurslarsiz strategiya — yaxshi tilaklar to‘plami, manilovizm. Va bugungi kunda bunday strategiyalar, afsuski, tobora ko‘p uchramoqda va Rossiyada ular deyarli yetakchilik qilmoqda. To‘g‘ri mezonni tanlash strategiyaning muhim tarkibiy qismidir. Vaziyatni tasavvur qiling: bir rahbar o‘nlab yoki yuz minglab odamlarni yolg‘on maqsadga olib keldi. Resurslar isrof qilinadi, izdoshlar esa tubsiz jar yoqasiga kelib qoladi.

Strategiyaning yana bir va eng muhim omili — bu o‘z vaqtida harakat qilish. Belgilangan maqsadga o‘z vaqtida erishish, oldinroq ham, kechroq ham emas, — bu juda samarali va o‘ta muhimdir. Yangi ixtiro paydo bo‘lganda va unga hali talab bo‘lmasa, ommaviy ishlab chiqarishga kirishishini kutmaslik kerak. Strateg texnologik innovatsiyalar talabning birinchi impulslari paydo bo‘lganda aniq ko‘rinishini ta’minlashga yordam beradi.

Shu munosabat bilan strateglar hech qachon ichki intuitsiyani e’tibordan chetda qoldirmasligi kerakligini ta’kidlamoqchiman. Ammo bunga ko‘r-ko‘rona erishib bo‘lmaydi, chunki strategik qarorlar, ta’kidlaganimdek, ratsional va irratsionallar chegarasida, nazariyani chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, intuitsiyaga tayangan holda chiqariladi.

Strategiyalash nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy mohiyati strategiya doimo zarur manbalar bilan ta’minlanishi kerakligi bilan bog‘liq. Resurslarsiz strategiya — yaxshi tilaklar to‘plami, manilovizm. Va bugungi kunda bunday strategiyalar, afsuski, tobora ko‘p uchramoqda va Rossiyada ular deyarli yetakchilik qilmoqda. To‘g‘ri mezonni tanlash strategiyaning muhim tarkibiy qismidir. Vaziyatni tasavvur qiling: bir rahbar o‘nlab yoki yuz minglab odamlarni yolg‘on maqsadga olib keldi. Resurslar isrof qilinadi, izdoshlar esa tubsiz jar yoqasiga kelib qoladi.

Strategiyaning yana bir va eng muhim omili — bu o‘z vaqtida harakat qilish. Belgilangan maqsadga o‘z vaqtida erishish, oldinroq ham, kechroq ham emas, — bu juda samarali va o‘ta muhimdir. Yangi ixtiro paydo bo‘lganda va unga hali talab bo‘lmasa, ommaviy ishlab chiqarishga kirishishini kutmaslik kerak. Strateg texnologik innovatsiyalar talabning birinchi impulslari paydo bo‘lganda aniq ko‘rinishini ta’minlashga yordam beradi.

— Bu qanday bo‘lishi mumkin?

- Strategiyalash jarayonida trendlar o‘rganiladi: global, sanoat, mintaqaviy va korporativ. Ular nafaqat sifati, yo‘nalishi bilan, balki ta’sir qiladigan omillar va hayotiy sohalarda, yetuklik darajasida ham farqlanadi. Ba’zilari yuqori yetuklik bosqichi bilan ajralib turadi, ikkinchisi yo‘qoladi, boshqalari esa endi tug‘ila boshlaydi.. Strateg esa xuddi astronom kabi trendning paydo bo‘lishini birinchi bo‘lib aniqlashi kerak. Qaysi mamlakat yoki korporatsiya har doim oldinda bo‘ladi? Olimlar, strateglar yoki rahbarlar birinchi bo‘lib yangi trendlarni sezganda va uning asosida barcha zarur resurslar — mehnat, moddiy, moliyaviy, infratuzilma bilan ta’minlangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqqanlar hamisha oldindadirlar.

— Dunyo beqaror va oldindan bir gap aytish qiyin bo‘lgan davrda strategiyalarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin?

- Buning uchun strategiyani monitoring qilish, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda uni amalga oshirishni tahlil qilish, yangi imkoniyatlar va kutilmagan tahdidlar ta’siri ostida ko‘rsatmalarni aniqlashtirish mavjud. Masalan, Xitoyda buyuk strateg Deng Syaopin tufayli 1976 yilda ishlab chiqilgan bir asrlik strategiya tasdiqlangan. U hanuzgacha amalga oshirilmoqda. Endi Xitoy Kommunistik partiyasi rahbarlari 100 yillik strategiyani amalga oshirish muddatini 2068 yilgacha qisqartirdilar va shu bilan birga 200 yilgacha ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishga tayyorgarlikni boshladilar. Har uch oyda CPC Markaziy Qo‘mitasining plenumi o‘tkazilib, unda strategiyani amalga oshirishning avvalgi bosqichi yakunlari e’lon qilinadi va zarur bo‘lgan aniqliklar kiritiladi. Ammo strategiyaning asosiy elementlari - uning asosiy ko‘rsatmalari, ustuvorliklari va yo‘naltirilgan vektori - o‘zgarmaydi.

Har qanday strategiya strategik ob’yektning chuqur qadriyatlarini anglash, ularni tahlil qilish va shakllangan manfaatlarga muvofiq ravishda tizimlashtirish, oxir oqibat odamlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi juda muhimdir. Bu mamlakatga, mintaqaga, korxonaga va shaxsga tegishli. Har birimizning o‘z hayotimiz bor. O‘z qobiliyatingiz va raqobatdosh ustunliklaringizdan foydalanib, nima qilishni xohlayotganingizni, hayotingizni qanday yo‘naltirishni aniqlamasdan qanday yashashingiz mumkin, sizning hayotingiz bunga arziydimi yoki o‘zingizni boshqa narsaga bag‘ishlashingiz kerakmi?

- Strategiyaning mohiyatini aniq tushunish Rossiya amaliyotida aks etmaydi va strategiya deb nomlangan ko‘plab hujjatlar aslida nomiga mos kelmaydi, deb ta’kidlayapsiz. Nega bunday bo‘ldi?

- Ko‘p mamlakatlarda strategiyaning mohiyati strategiyalar deb ataladigan hujjatlarda aks etmaydi. Ha, qanday qilib ular professional strateglar bo‘lsin, masalan, Rossiyada bu sohada mutaxassislar nazariya va amaliyot — iqtisodchi-strateglar tayyorlash uchun ta’lim standarti bo‘lmasa? Menimcha, fan va oliy ta’lim vazirligi uchun tegishli ta’lim standartini tasdiqlash vaqti allaqachon kelgan, chunki barcha yirik va hatto ko‘plab o‘rta korxonalar, mintaqaviy hukumatlar va federal vazirliklar strategiya bo‘limlariga ega, ammo u yerda ishlaydigan odamlar strategiya sohasida zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega emaslar. MDU «Iqtisodiy va moliyaviy strategiya» magistrlik dasturi tasdiqlangan mamlakatdagi birinchi universitet (va haligacha yagona) bo‘ldi. Ikki yil davomida Moskva davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabi magistrantlari ushbu dasturning 35ta tartibini o‘rganmoqda.

Professional strateglarning yetishmasligi tufayli davlat organlaridan yaroqsiz hujjatlarni tasdiqlash so‘raladi. Misol uchun, 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati 2020 yil strategiyasini tasdiqladi (rasmiy nomi — 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya Federatsiyasining uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi). Ba’zi maqsadlar «Rossiyskaya gazeta»ning birinchi sahifasida e’lon qilindi: 2020yilga kelib rossiyaliklarning o‘rtacha ish haqi oyiga $ 2, 7 ming bo‘lishi kerak edi. Bir o‘ylab ko‘ring: hozir sizning tanishlaringiz orasida o‘rtacha oyiga $2, 7 ming daromad topadiganlar ko‘pmi? Ushbu hujjatda 2020 yilga kelib «innovatsion mahsulotlarning ulushi 25-35% ga oshishi kerak»ligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Biroq, 2018 yilda, Federal davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasi tomonidan jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar ulushi 6, 5%ni tashkil etgani» qayd qilingandi. Taqqoslash uchun: 2007 yilda Rossiyada ushbu mahsulotlarning ulushi 5, 5% edi. Ya’ni, 11 yil davomida bu ko‘rsatkichning o‘sishi atigi 1%ni tashkil qildi.

Ko‘rinib turibdiki, strategiya noto‘g‘ri ishlab chiqilgan. Unda intellektual, texnologik, moddiy va moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan ko‘rsatmalar tasdiqlangan. «Innovatsion mahsulotlarni yaratish» nimani anglatadi? Avvalo, odamlarga ta’lim berish kerak. Bu vaqt talab etadi: besh-olti yillik bakalavriat va magistratura, shuningdek uch-to‘rt yillik aspirantura. Hujjatni yaratuvchilar buni hisobga olmaganlar. Rossiyada ilm-fanni moliyalashtirishning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari pasayib bormoqda. Bu holatda Rossiya iqtisodiyotining aksariyat tarmoqlarida innovatsion mahsulotlarni qayerdan kutish mumkin?

- Siz Rossiyada strateglashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqmoqdasiz. Ishingiz natijalarini ko‘ryapsizmi?

- Mana 48 yildirki, professional hayotim strategiya nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan. Men Sibir, uzoq Sharq, Arktika, Krasnoyarsk o‘lkalarining ilmiy va texnologik taraqqiyoti va kompleks iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etdim. Ushbu dasturlarning ko‘pchiligi o‘zining milliy darajasida tasdiqlangan. Men Albaniya, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Mo‘g‘uliston, AQSh, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi hamkasblarim bilan eng muhim strategiyalar ustida ishlashga muvaffaq bo‘ldim. Bundan o‘n yil muqaddam Moskva davlat universiteti rektori akademik V. A. Sadovnichiy menga hamkorlarim bilan birga Moskva davlat universitetining strategik tadqiqotlar markaziga rahbarlik qilishni topshirdi. Biz Sankt-Peterburgning suv ta’minoti va suv chiqarish strategiyasini ishlab chiqdik, bu bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Sankt-Peterburg suv kanali Rossiyaning Shimoliy poytaxtini toza suv bilan ta’minlaydi — bu esa aholi sog‘lig‘ini saqlashning asosiy omilidir. Sankt-Peterburgda suvni tozalashning yangi texnologiyalari joriy etilguniga qadar, shaharda 147 virusli gepatit holati qayd etilgan edi va hozirgi vaqtda 100 ming kishiga 6tadan kam holat to‘g‘ri keladi va bular asosan suv sifati tufayli. Ushbu tajriba hamkasblarim va men uchun O‘zbekistonda suv ta’minoti, oqava suvlarni chiqarish va suv balansi strategiyasini ishlab chiqishda foydali bo‘ldi, chunki bu yerda suv sifati va suv chiqarish bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjud.

- Siz sanoat, mintaqalar va mamlakatlar rahbarlariga yordam berasiz. Ular yordam so‘rashdan oldin asosan qanday muammolarga duch kelishadi?

- Ko‘pincha muammo shundaki, menejerlar, buxgalterlar, iqtisodchilar tomonidan amalga oshiriladigan uy qurilishi strategiyalari ishlamaydi, ularning barchasi a’lo darajadagi mutaxassislar, ammo strategiya sohasida emas, ularda aynan strategiyaning samarali uslubi yo‘q. Strategiya ishning sifatli bo‘lishi uchun emas, balki hisobot berish uchun tayyorlanadi. Bunday strategiyalar odatda javonlarda chang to‘plab yotadi.

Men taniqli davlatlar va kompaniyalarning yetakchilari bilan, ya’ni strategiyani muhim ishchi hujjat sifatida ishlata oladigan va barcha qarorlarni hayotga tatbiq etadigan, masalan, General Electric bosh direktori Jek Uelch kabi strateglar bilan hamkorlik qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Strategiya — har doim rahbarlar bilan o‘zaro munosabatlar natijasi. Ammo ko‘pincha muammo mutaxassislarning yetishmasligi bilan bog‘liq. Masalan, mintaqaviy strategiya hech qachon ushbu mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan korporatsiyalar, korxonalar, shuningdek, o‘sha hudud aholisi manfaatlarini hisobga olmasa, amalga oshmaydi. Natijada, strategiya havoda osiladi. Shu bilan birga, mintaqaviy va milliy strategiyalar har doim mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar darajasida amalga oshiriladi.

Va nihoyat, barcha korxonalar, hududlar va mamlakatlarning rahbarlari doimo resurslar tanqisligidan qiynalishadi va professional tarzda tayyorlangan strategiya, oz, ammo maqsadli taqsimlangan resurslar bilan muhim va hatto katta maqsadlarga erishish imkonini beradi.

- Sizni odatda bashoratchi deyishadi. O‘z vaqtida siz bir nechta qiziqarli va asosli taxminlar qilgansiz. O‘zingiz ishongan xulosalarni tatbiq etishda qanday omillarga suyanasiz?

- Avvalo, men rejalar, e’lon qilingan dasturlar va maqsadlarni tahlil qilaman. Ushbu maqsadlar manbalar bilan qay darajada ta’minlanganini aniqlashga harakat qilaman. Milliy yoki mintaqaviy mahsulot yoki ma’lum bir kompaniyaning mahsulotiga sarflanadigan xarajat ko‘p narsani aytib berishi mumkin. Agar mahsulotni ishlab chiqarish qiymati uning bozor narxidan past bo‘lsa, kompaniya yaxshi ishlamoqda. Ammo, agar bir rubl mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki rubl sarf qilinsa, bunday kompaniya dushanba kunigacha omon qolmaydi. Bundan tashqari, eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasini kuzatib borish kerak. Ulardan biri — yalpi ichki mahsulot. Ushbu ko‘rsatkich birinchi marta 1934 yilda, 1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Saymon Kuznets tomonidan taklif etilgan.

Har qanday strategik ob’yektning kelajagi deklaratsiyalanmagan, ammo haqiqiy natijalarga erishish nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Agar davlat, mintaqa yoki korxona o‘z oldiga amalga oshira olmaydigan maqsadlarni qo‘ysa, bu halokatga olib keladi. Va bu strategiya xato ekani ko‘rinadi, uning yetakchilari esa uzoqni ko‘ra olmasliklarini namoyish etadilar. Shuning uchun strategiya siyosiy yetakchilar uchun xavflidir: u aniq xatolarni, maqsad va ko‘rsatmalarning amalga oshmaganini namoyon qiladi. Boshqa tomondan, amaliy va ishonchli strategiya har qanday rahbarga, hatto imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa ham, g‘olibning samarali qurolini beradi. Strategiya — bu muvaffaqiyat falsafasi. U doimo g‘alaba qozonishga qaratilgan. Ayni paytda strategiya — juda nozik masala. Axir, uning ko‘pgina elementlari va hujjatlari har doim maxfiydir. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashagan qadimgi Xitoy strategi Sunszi: Yuzta jangda g‘alaba qozonish ikkinchi yaxshi natija, dushman rejalarini barbod qilish natijalarning yaxshisidir” degandi.

Ammo siz ushbu rejalarni bilmasangiz, buni qanday amalga oshirishingiz mumkin?

- Shuning uchun strategiyaning muhim qismi, rejalar har doim raqobatchi va raqiblarga noma’lum bo‘lishi kerak. Bunday vaziyatda rahbarlar dilemma bilan duch kelishadi. Bir tomondan, amalga oshirilayotgan strategiyaning mohiyati raqobatchi va raqiblar tomonidan noma’lum bo‘lgan qorong‘ilik bilan yashiringan bo‘lishi kerak, boshqa tomondan, yetakchining muvaffaqiyatga erishishi uchun u odamlarning g‘ayratini uyg‘otishi, strategiya ularning hayotiy haqiqatiga aylanishiga imkon beradigan qadriyatlar, qiziqishlar va intilishlarni namoyish qilishi kerak.

Rossiya yangi dinamizmga muhtoj. O‘qituvchilar va olimlar, ayniqsa ushbu davrda, talabalar, magistrantlar va aspirantlarni sust rivojlanishning inersiyasiga emas, balki fanni Strategiyaga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning lokomotiviga aylantirish uchun yo‘naltirishga harakat qilishlari kerak. Shu sababli strategiya yangi fan, yangi ta’lim yo‘nalishi va yangi kasb sifatida juda dolzarb va samarali hisoblanadi.

Anastasiya Penzina suhbatlashdi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar