“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–684-son, 22.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga ko‘ra, davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- davlat xaridlarini rejalashtirish;
- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
- shartnomani tuzish va bajarish;
- davlat xaridlari monitoringi.
Prezident farmonlari va qarorlariga muvofiq Investitsiya va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirish mumkin.
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
- elektron do‘kon;
- boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;
- eng yaxshi takliflarni tanlash;
- tender;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
- Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari.
Xarid qilish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Qonunga muvofiq, ushbu sohada davlat nazoratini quyidagilar amalga oshiradi:
- Hisob palatasi;
- Bosh prokuratura;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
- Moliya vazirligi;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
-Shuningdek, fuqarolari, mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Qonun kuchga kirishi bilan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–472-sonli Qonun (09.04.2018 y.) o‘z kuchini yo‘qotadi.
Izoh qoldirish