Moliya vazirligi Davlat xaridlari tizimida 2021 yilning yanvar-sentyabr davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida infografika ko‘rinishida ma’lumot berdi.
Infografikalarda ko‘rish mumkinki, 2021 yilning 9 oyi davomida byudjet byurtmachilari tomonidan 45 % yoki 44 711 mlrd.so‘mlik, yirik davlat korxonalari tomonidan 34 % yoki 34 300 mlrd.so‘mlik, korporativ byurtmachilari tomonidan 21 % yoki 20 542 mlrd.so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan.
2021 yilning 9 oyi davomidagi jami xaridlar 99 553 mlrd.so‘mni (9,3 mlrd. dollar) tashkil etdi.
Byudjet byurtmachilarining davlat byudjeti (DB) hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 27 270 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
Byudjet byurtmachilarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari (BTJ) hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 6 129 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
Byudjet byurtmachilarining davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalari (DMJ) hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 11 312 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish