Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi

Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi

“2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:

  • 2020 yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasi, uning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi va davlatga majburiy g‘alla sotish hajmi 25 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartiriladi;
  • 2020 yil 1 iyundan boshlab aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshiriladi, zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini ko‘paytiriladi;
  • 2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi;
  • 2020 yil 1 iyundan mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lanadi;
  • 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar