Eksport qiluvchilarning chet eldagi ayrim xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Eksport qiluvchilarning chet eldagi ayrim xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasi qarori (167-son, 30.03.2021 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, eksport qiluvchilarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlari Davlat byudjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

(Ilgari bu turdagi xarajatlar kompensatsiya qilinmagan.)

O‘zgartirishga ko‘ra, endilikda Agentlik:

- ham respublikada, ham chet elda standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish bo‘yicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘maklashadi, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ushbu yo‘nalishlarda xarajatlarning tegishli qismini qoplash yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi;

- ko‘rgazma stendlarini tashkil etishda va xalqaro ko‘rgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazishda, shu jumladan, an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari)ning potensial sotish bozorlariga kirishda eksport qiluvchilarni hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 apreldan mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Agentlik mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar