Elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘payib ketgan viloyatlarning qarz miqdori ma’lum qilindi

Elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘payib ketgan viloyatlarning qarz miqdori ma’lum qilindi

24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish” masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada qaysi viloyatlar yetakchi ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 553 millard so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 va 3-o‘rindarda Navoiy viloyati, qarz summasi 410 milliard, Andijon viloyati, qarz summasi 273 milliard so‘mni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Anjumanda O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun 3 yildan buyon to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilar borligi ham aytildi. 283 ming 489 nafar iste’molchi 3 yildan buyon umuman elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirmagan. Shulardan Samarqand viloyatida 46 158 nafarni, Toshkent viloyatida 45 685 nafarni, Farg‘ona viloyatida 28 770 nafarni, Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil qilgan.

Iste’molchilarning qarzdorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada:

  • 1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qarzdorlar - 157 839 nafarni;
  • 3 mln so‘mdan -5 mln so‘mgacha bo‘lgan qarzdolar - 14 890 nafarni;
  • 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan qarzdorlar 5499 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda Respublikada aholining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trilliondan oshgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar