Energetika, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohalarida 1 mlrd yevrodan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshiriladi

Energetika, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohalarida 1 mlrd yevrodan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshiriladi

Joriy yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov videokonferensiya shaklida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Prezidenti Odil Reno-Basso bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot davomida energetika, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, ekologiya va xususiy sektor sohalaridagi umumiy qiymati 1 mlrd yevrodan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshirilishi batafsil ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur loyihalar ijrosini jadallashtirish imkoniyatlari, shuningdek, pandemiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar