Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari(Osh markazlari)da kuzatuv o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
(2020 yil iyul oyi uchun, so‘mda)
T/R | Hududlar | 1 porsiya palov narxi | 1 kg. (7 porsiya) palov narxi | O‘tgan oyga nisbatan foizda |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 13 333 | 93 331 | 100,0 |
viloyatlar: | ||||
2. | Andijon | 14 800 | 103 600 | 100,0 |
3. | Buxoro | 16 333 | 114 331 | 100,0 |
4. | Jizzax | 15 333 | 107 331 | 101,1 |
5. | Qashqadaryo | 16 250 | 113 750 | 100,0 |
6. | Navoiy | 13 000 | 91 000 | 100,0 |
7. | Namangan | 11 571 | 80 997 | 100,0 |
8. | Samarqand | 16 000 | 112 000 | 100,0 |
9. | Surxondaryo | 11 800 | 82 600 | 100,0 |
10. | Sirdaryo | 14 667 | 102 669 | 100,0 |
11. | Toshkent | 14 500 | 101 500 | 101,2 |
12. | Farg‘ona | 15 250 | 106 750 | 100,0 |
13. | Xorazm | 14 400 | 100 800 | 101,4 |
14. | Toshkent sh. | 16 600 | 116 200 | 100,0 |
Eng qimmat palov Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sotilmoqda.
“Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari(Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish