“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021 y.).
Eski haydovchilik guvohnomalari va transportni ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid guvohnomalar quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Izoh qoldirish