Everestga chiqqan birinchi o‘zbekistonlik alpinistga prezident sovg‘asi — Trailblazer topshirildi

Everestga chiqqan birinchi o‘zbekistonlik alpinistga prezident sovg‘asi — Trailblazer topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng baland Everest cho‘qqisini zabt etib, unda O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratgan o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenkoni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan mukofotladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

8 iyun kuni tunda Sergey Denisenko Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Mazkur tadbirda Avaz Karimov boshchiligidagi Turizm va sport vazirligi mutasaddilari, MOQ vakillari, Sergey Denisiyenkoning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Bugun, 8 may kuni ertalab alpinistga prezident sovg‘asi — Trailblazer mashinasi topshirildi.

37 yoshli alpinist Sergey Denisenko 1 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da sayyoraning eng baland cho‘qqisi Everestni zabt etgan. U o‘zining mazkur muvaffaqiyatini O‘zbekistonning 30 yilligiga bag‘ishlanganini ta’kidladi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar