Farg‘ona viloyati sanoat sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Farg‘ona viloyati sanoat sohasining  2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 21 831,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’atlari 106,0%ni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Oltiariq (123,4%), Qo‘shtepa (117,1%), Furqat (116,6%), Farg‘ona (116,3%) va Dang‘ara (112,7) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Bag‘dod (98,4%), O‘zbekiston (98,8 %), Rishton (99,1%) tumanlarida va Farg‘ona shahrida (99,2%) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 53,6%i Farg‘ona (23,6%) va Qo‘qon (18,3%) shaharlari hamda Toshloq tumani (11,7%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 19,9%ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,6 punktga qisqargan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmi 5 561,8 ming.so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi bo‘yicha yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Farg‘ona (17 059,7 ming so‘m), Qo‘qon (15 287,6 ming so‘m) shaharlari, Toshloq tumani (12 094,2 ming so‘m) va Quvasoy (11 699,2 ming so‘m) shahri va Uchko‘prik tumanida (6 923,9 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (5 189,3 ming so‘m) yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1 541,3 ming so‘m bo‘lgan holda, Uchko‘prik tumanida 4 659,6 ming so‘mni, Qo‘qon shahrida 4 558,3 ming so‘mni, Farg‘ona shahrida 3 373,5 ming so‘mni, Furqat tumanida 3 009,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga (93,1 %) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, tog‘-kon sanoati ulushi - 0,3%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 5,8%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,8%ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (39,1%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (15,4%), kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish (15,3%) va mashina, asbob-uskunalar ishlab chiqarish (7,7%), yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 1 428 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, jami faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni 10 723 taga yetdi.

Abdusamatov Muzaffar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar