Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15878,8 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,5%ni tashkil etdi. Shu davr mobaynida jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4045,2 ming so‘mga yetdi va 2021 yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatgichi 112,3 %ni tashkil etdi.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari (29,9%), moliyaviy xizmatlar (22,4%), transport xizmatlari (18,1%) tashkil etgan. Xizmatlar umumiy hajmida past ulushlarni me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,9%), ijara xizmatlari (2,0%), boshqa xizmatlar (2,1%) tashkil etgan.
Hududlar kesimida xizmatlarning eng yuqori o‘sish sur’ati Farg‘ona shahriga (116,9%) to‘g‘ri keldi. Viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning yuqori ulushilari Farg‘ona shahri (29,9%), Qo‘qon shahri (17,7%), Marg‘ilon shahri (9,7%), Uchko‘prik (4,0%) va Oltiariq (3,8%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rsatilgan xizmatlarning eng past ulushlari So‘x (1,2%), Furqat (1,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi Farg‘ona (15 763,2 ming so‘m), Qo‘qon (10 771,2 ming so‘m) va Marg‘ilon (6 283,4 ming so‘m) shaharlarida qayd etildi.
Shuningdek, Quvasoy shahri (3 360,4 ming so‘m), Yozyovon (3 568,6 ming so‘m) va Oltiariq (1 684,4 ming so‘m) tumanlarida ham aholi jon boshiga xizmatlar hajmi salmoqli bo‘ldi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarning eng past ko‘rsatkichi O‘zbekiston tumanida (1 473,0 ming. so‘m) kuzatildi hamda o‘sish sur’ati 112,2%ni tashkil etdi.
Avtomobil transportida 39,9 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2021 yilning yanvar-sentyabr holatiga nisbatan 2,9%ga ko‘pdir. Yuk aylanmasi 1320,1 mln. t-km.ni tashkil qilib, 7,4 %ga oshgan.
Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish 2021 yil yanvar-sentabr holatiga nisbatan 3,6%ga ko‘payib, 496,5 mln. yo‘lovchini tashkil etdi, yo‘lovchi aylanmasi esa 2,4%ga ko‘paydi va 11 223,0 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish