2023-yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida Farg‘ona viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 19,1 trln. so‘mni tashkil qilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107%ga o‘sgan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi esa 4 756 ming so‘mga yetib, o‘tgan yilgiga nisbatan 104,6%ga ko‘paygan.
Jami ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida savdo (5 725 mlrd. so‘m), moliya (4 128 mlrd. so‘m), transport (3 511 mlrd. so‘m) va aloqa va axborotlashtirish (1 028 mlrd.so‘m) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, shaxsiy xizmatlar (937 mlrd. so‘m), ta’lim (855 mlrd. so‘m), sog‘liqni saqlash (401 mlrd. so‘m), yashash va ovqatlanish (468 mlrd. so‘m), ijara (363 mlrd. so‘m), me’morchilik (165 mlrd. so‘m) xizmatlarining ulushi nisbatan pastroq bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgan.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Farg‘ona shahri – 6 401 mlrd. so‘m (jami xizmatlardagi ulushi - 34%), Qo‘qon shahri – 3 317 mlrd. so‘m (17%) va Marg‘ilon shahri – 1 670 mlrd. so‘m (8,8%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yozyovon (1,7%), Furqat (1,5%) va So‘x (1,2%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish