Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Fransiya davlati bilan tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Fransiya davlati bilan tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Farg‘ona viloyati 2022 yilning dastlabki 9 oyida Fransiya bilan umumiy 1 839 ming AQSh dollari qiymatidagi import faoliyatini amalga oshirgan bo‘lib bu ko‘rsatkich viloyat umumiy importininig 0,2% ni tashkil etgan. Bu davr mobaynida Farg‘ona viloyatdan Fransiyaga mahsulot va xizmatlar eksporti kuzatilmagan.

Import qilingan maxsulotlar tarkibini asosan qora metallar ($1 528 ming), mashina va uskunalar ($191 ming), kimyoviy maxsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar ($99 ming), neft va undan tayyorlangan maxsulotlar ($7,5 ming) va boshqa maxsulotlar ($13 ming) tashkil qilgan.

2010-2022 yillar kesimida tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yuqori eksport2014-yilda ($1469 ming) va import 2015 yilda ($3062 ming) amalga oshirilgan.

2023 yilning daslabki 9 oyi davomida amalga oshirilgan import xajmi 2022 yilga nisbatan 2 barobarga oshgan. Xususan, Fransiyadan qora metal importi 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 2,8 ming AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2023 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1 528 ming AQSh dollarini tashkil etgan. Shuningdek, 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida mashina va uskunalar importi ($191 ming) o‘tgan yilning mos davriga ($553 ming) nisbatan deyarli 3 barobarga kamaygan.

Bahodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar