Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” darajasida saqlab qoldi

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” darajasida saqlab qoldi

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “VV-” (“Barqaror” prognozi) darajasida saqlab qoldi. Bunga asosiy sabab mamlakatda mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligi, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasi (2019 yil yakunlariga ko‘ra, eksport tarkibida oltin 34%, neft va gaz 17%, oziq-ovqat mahsulotlari 10%) hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlari hisoblanadi.

“Fitch Ratings” prognoz qilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 2% o‘sadi. Kelgusi yilda bu sur’at 6,8 foizga yetadi. Bunda hozirdagi inqirozga qarshi choralar, yosh ishchi kuchi, yuqori investitsiya, islohotlarning davom ettirilishi hamda asosiy hamkorlar (Rossiya, Xitoy)ning tezroq oyoqqa turib olishi muhim rol o‘ynaydi.

Davlat qarzlari YaIMga nisbatan 34,3%ga yetadi, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 28,5% edi. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining salkam 20 mlrd. dollarlik aktivlari, jumladan, xalqaro zaxiralarning 37,7% — 11 mlrd. dollari pul mablag‘laridan, 57 foizi Markaziy bankning monetar oltindan iborat ekanligi ham tashqi qarz va fiskal siyosatning moslashuvchanligini ta’minlaydi.

Konsolidatsiyalangan byudjet defitsiti 2020 yilda YaIMga nisbatan 4,2%ga yetishi mumkin. “Fitch Ratings” islohotlardan chetlashish, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi hamda makroiqtisodiy barqarorlik uchun xatarlarni oshiradigan nomaqbul choralar, koronavirus pandemiyasining YaIMning o‘rta muddatli o‘sishi yoki davlat moliyasiga o‘ta kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda valyuta zaxiralarining pasayishi yoki tashqi qarz majburiyatlarining keskin o‘sishini O‘zbekiston reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar