DSQ “Soliq narxi” mexanizmini joriy etadi

DSQ “Soliq narxi” mexanizmini joriy etadi

Davlat soliq qo‘mitasining sinov tariqasida bozor konyukturasidan kelib chiqib “Soliq narxi” mexanizmini joriy qilish va uning asosida soliq solinadigan bazani aniqlash taklif qilinyapti. Tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Narxi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan tovarlar (xizmatlar) ro‘yxatiga — yangi ko‘p kvartirali uylardagi turar joy ob’yektlari, un mahsulotlari, shakar, alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, gazlangan va gazlanmagan salqin ichimlik va sement kiritilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 noyabrga qadar sinov natijalari yakuni bilan bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda “Soliq narxi” mexanizmini keng joriy qilish yuzasidan o‘z takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati har bir hudud (shahar, tuman) bo‘yicha shakllantirilib, Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi.

Soliq bazasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bir birlik tovar (xizmat) uchun belgilangan bozor qiymatining soliq to‘lovchi tomonidan hisobot davrida sotilgan mahsulot hajmining ko‘paytmasiga nisbatan hisoblab chiqariladi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D.Kudbiyevlar zimmasiga yuklangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar