Hindiston kompaniyasi Sergelida 500 mln dollarlik qurilish loyihasini amalga oshiradi

Hindiston kompaniyasi Sergelida 500 mln dollarlik qurilish loyihasini amalga oshiradi

Hindistonning Minerva world of knowledge LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidan (Senat qaroriga asosan Toshkent shahri hududiga o‘tkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qurilish loyihasida universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Minerva world of knowledge LLC o‘rtasida 2019 yil 29 avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.

Qayd etilishicha:

  • I bosqichdagi o‘quv muassasalari 2021 yil IV-chorakda,
  • ll bosqichdagi shifoxona 2021 yil IV-chorakda;
  • III bosqichdagi mehmonxona 2021 yil IV-chorakda
  • IV bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari;
  • sport majmuasi 2026 yil IV-chorakda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha 2026 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar