“H.I.S.”, “Isuzu Motors”, “Balcom Co. Ltd”, “Gakko Plus” kabi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritayotgan Yaponiya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlanadi

“H.I.S.”, “Isuzu Motors”, “Balcom Co. Ltd”, “Gakko Plus” kabi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritayotgan Yaponiya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlanadi

Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) raisi va bosh ijrochi direktori Nobuhiko Sasaki bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida vakolatxona tomonidan “H.I.S.”, “Isuzu Motors”, “Balcom Co. Ltd”, “Gakko Plus” kabi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritayotgan Yaponiya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash shuningdek, o‘zbek meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi ta’kidlandi.

O‘zaro manfaatli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda o‘zbek tadbirkorlari bilan faol hamkorlik qilish orqali O‘zbekistonda Yaponiya kompaniyalarini biznes qilishga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish borasida ham kelishuvga erishildi. Yaponiya kapitali va texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish Respublikada xususiy sektor salohiyatining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va mamlakatning texnologik rivojlanishiga kuchli turtki berishi ta’kidlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar