Hududlar obod bo‘lmoqda

Hududlar obod bo‘lmoqda

Xususan, Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonalari mas’ullari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan har bir mahalla kesimida “Yo‘l haritalari” ishlab chiqilib, unda hududlar infratuzilmasi, aholi yashash sharoitlari va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar joy olgan.

O‘tgan davr mobaynida rejaga muvoffiq qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumldan, 2,7 mingdan ziyod uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari joriy va kapital ta’mirlab berildi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 571 ta ko‘chalarda bunyodkorlik ishlari ketmoqda. Xususan, 96 km asfalt, 320 km yo‘l shag‘al, 23 km yo‘lga beton yotqizilib, 25 648 m2 piyodalar yo‘lagi barpo etildi, 1 537 dona yoritish moslamalari o‘rnatildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 174 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 53 ta yangi transformator o‘rnatilib, 184 tasi ta’mirlandi, 4 652 ta simyog‘och ustunlar beton ustunlarga almashtirildi, 1 583 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

Gaz ta’minotida 112 ta taqsimlash punkti ta’mirlandi, 4 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi, 136 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi, 11 325 ta suyultirilgan gaz ballonlar yetkazib berildi. Murojaatlarga asosn 2,2 mingdan ziyod xonadonga 1 168 tonna ko‘mir yetkazib berildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 144 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi, 11 kilometri ta’mirlandi, 7 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi va 17 tasi ta’mirlandi.

Bundan tashqari, 20 ta ko‘p qavatli uyning 243 m2 tom qismi, 41 tasining kirish yo‘laklari ta’mirlandi.

Aholiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi.

Mahallalarda 4 mingdan ziyod aholining bandligini ta’minlandi, 277 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 758 nafar fuqaroga 2 mlrd 203 mln so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatildi.

Nogironligi bo‘lgan 70 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 70 nafariga protez-ortopediya vositalari, 5 789 nafariga bepul dori-darmon vositalari, 145 nafariga tikuv mashinasi va 107 nafar fuqaroga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.

Aholi sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida 105 mingga yaqin shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra ularning 785 nafariga davolanish uchun order berildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar