Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratori doirasida 100 kunlik muddat ichida 4ta yo‘nalish bo‘yicha muammolarni hal qilinadi. Bular oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bosh rejalarni ishlab chiqish, qurilish uchun ruxsatnomalar berishni soddalashtirish va kommunal to‘lovlar uchun yagona hisob-kitob tizimini yaratishdagi muammolar.
Akselerator ishtirokchilari o‘zlari oldiga ulkan maqsadni qo‘ydilar - Birlashgan Arab Amirliklari hukumati tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalangan holda aniq ijtimoiy-iqtisodiy muammoni hal qilish.
Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Hakimov va Akselerator koordinatorlari A.Xolmurzayev, M.Bobojonov, H.Majidovlar, O‘zbekiston Respublikasi qator vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Birlashgan Arab Amirligi Bosh vaziri ma’muriyati rahbari va 60 dan ortiq boshqa idoralar rahbari vakillari ishtirok etishdi.
Amirlik tomonidan Birlashgan Arab Amirligi Bosh vaziri ma’muriyatining rahbari janob Abdulla Nasser Luuta, BAA Bosh vaziri strategiya va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Xuda al-Xashimiy va BAA hukumat tezlashtiruvchisi direktori doktor Radhiya al-Xashimiy qatnashdilar.
Tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi:
– Barchamizga ma’lumki, yurtimizda aholi farovonligini oshirish, hayotimizning ijtimoiy-iqtisodiy jabhasida mavjud muammolarni hal qilishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Prezident Administratsiyasi huzurida Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratorining (Akselerator) tashkil qilinishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Akseleratorning asosiy vazifasi bu - davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish hisoblanadi. Muammolarni hal qilish muddati odatda 100 kun etib belgilanadi va mazkur muddat davomida davlat idoralari, xususiy sektor va muammoga aloqador boshqa tomonlar ishtirokida Akselerator guruhi o‘z ishini olib boradi.
Belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarni hal qilish jarayoniga 40 ga yaqin vazirlik va davlat idoralari, xususiy sektor vakillari, ilmiy markazlar va boshqa turdagi tashkilotlar xodimlari jalb qilindi. Joylarga chiqib o‘rganishlar amalga oshirildi.
So‘ngra Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri ma’muriyatining bosh direktori Abdulla Nasser Luuta konferensiya ishtirokchilariga murojaat qildi:
- O‘zbekiston Respublikasi hukumat Akseleratorining birinchi guruhining ushbu muhim bosqichida ishtirok etayotganimdan mamnunman.
Bugun ikki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini aks ettiruvchi strategik hamkorlikning eng muhim dasturlaridan birida erishilgan yutuqlarni nishonlaymiz.
Birlashgan Arab Amirliklarida Hukumat akseleratori doirasida davlat va nodavlat tashkilotlarida shijoatli vakillarni jamoalarda kuchlarini birlashtirib innovatsiya yaratish va tajriba o‘tkazish orqali aniq natijalarga erishish imkoniyatini berdi.
Ishonchim komilki, ushbu tashabbusning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinishi hukumatni modernizatsiyalashga imkon beradi va mamlakatning global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarida mavqeini oshiradi.
Hurmatli xonimlar va janoblar. Bugungi tadbir ishtirokchilarini, xususan, Akselerator guruhi a’zolarini, ularning katta sa’y-harakatlari va yutuqlari uchun, shuningdek, ushbu dasturni amalga oshirishda g‘ayrat va sadoqati ayamagan O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy islohatlar akseleratorlari jamoasi koordinatorlarini tabriklashga ijozat bergaysiz.
Sizlarni ushbu sa’y-harakatlaringiz bardavom bo‘lishiga va yuqori yutuqlarga erishish uchun innovatsiyalarni davom ettirishga chaqiraman. Barchangizga omad tilayman!
Bir kunlik tadbirning birinchi qismida Garvard universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Akseleratori bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan metodikaga asoslangan holda Akcyelerator guruhlari uchun seminar tashkil etildi.
Xususan, ushbu usul barcha jalb qilingan va manfaatdor tomonlarning hamkorligini kengaytirishga asoslangan noyob modelni amalga oshirishni ta’minlaydi; tezroq natijalarga hissa qo‘shadigan innovatsion fikrlashni rag‘batlantirish. Akseleratorning gorizontal boshqaruv tizimi byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tishga, yangi loyihalar va tashabbuslarni sinovdan o‘tkazishga imkon beradi, bu esa butun loyihaning muvaffaqiyatli bo‘lishiga kafolat beradi.
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining strategiya va innovatsiyalar bo‘yicha bosh direktorining o‘rinbosari Xuda Al-Xashimi o‘z nutqida guruhlarning yutuqlarini e’tirof etdi va quyidagilarni ta’kidladi:
- Men o‘z nomimdan, Bosh vazir devonidagi hamkasblarim va BAA hukumatidagi rahbarlarimiz nomidan sizlarning shu kungacha erishilgan yutuqlaringizdan faxrlanamiz va har biringiz o‘z hissangiz bilan faxrlanishingizga haqlisiz. Bugungi kun favqulodda vaziyatlarga qaramay o‘z sa’y-harakatlaringiz, sadoqatingiz va fidoyiligingiz bilan O‘zbekiston davlati uchun o‘zgarish yo‘lini boshladingiz.
Umid qilamanki, hukumat ishining samaradorligini oshirish bo‘lgan asosiy maqsadi yo‘lida Akselerator doirasida olgan bilimlaringiz va tajribangizdan kundalik faoliyatingizda va kelgusi ishlaringizda katta yordam beradi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha Akselerator jamoalari bugungi kunga qadar belgilangan muammoli masalalarni yechishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, duch kelingan qiyinchiliklar, tizimli yoki tashkiliy muammolar va kelgusi 50 kun mobaynida ehtimolli to‘siqlarni aniqlash kabi masalalar izchil muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘ycha ish rejalari tuzildi.
Izoh qoldirish