Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m pul mukofoti beriladi
Prezident farmoniga ko‘ra, respublikada urush qatnashchilariga bag‘ishlan madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy kechalar o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish