O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari ishtirokida iqtisodiyot sohasida tahliliy hujjatlarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminari ishtirokchilari zamonaviy iqtisodiy tendensiyalarni o‘rganishda qo‘llaniladigan tahlil va prognozlashning zamonaviy usullari bilan tanishtirildi.
Seminarda Markaz ilmiy xodimlari Afzal Artikov, Ilyos Rabbimov va Abdulaziz G‘aybullayevlar taqdimot qilishdi va qizg‘in muhokamalarda ishtirok etishdi.
Taqdimot asosan iqtisodiy masalalarni yechishga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy iqtisodiy modellar hamda ma’lumotlar tahlili va vizualizatsiyasiga bag‘ishlandi.
Shuningdek, mamlakatda eng dolzarb masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish shakllari, turli iqtisodiy jarayonlarni prognozlash mexanizmlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Izoh qoldirish