Ishbilarmonlik faolligi indeksi sentyabr oyida: ketma-ket uch oy o‘sish nima hisobiga?

Ishbilarmonlik faolligi indeksi sentyabr oyida: ketma-ket uch oy o‘sish nima hisobiga?

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2023 yilning sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 7,3 foizga oshib, 1073 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 2,8foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,5 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 13,8foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 17,3foizga oshgan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023 yil sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 11 ta hududda o‘tgan oyga (avgust) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jizzax (38,4%), Sirdaryo (31,9%), Qashqadaryo (21,6%), Namangan (16,1%), Toshkent (14,5%) va Buxoro (10,5%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2023 yil sentyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 739,6 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning avgust oyiga nisbatan 157,6 ming tranzaksiyaga (2,8%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 3 ta hududda oshgan.

2023 yil sentyabr oyida respublikaning 3 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Farg‘ona (18,4%), Samarqand (1,0%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (6,1%) o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga, 11 ta hududda yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni kamaygan. Sezilarli darajadagi kamayish Sirdaryo (- 24,2%), Toshkent (- 17,9%), Andijon (- 11,0%) va Buxoro (- 10,0%) viloyatlarida qayd etilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2023 yilning sentyabr oyida IFIning birja komponenti 1,1376 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 13,8 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 1,6 foizga hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 25,9 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil sentyabr oyida 7 080,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 21,8 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil sentyabr oyida 1,0146 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga sezilarli darajada kamaygan.

2023 yil sentyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning avgust oyiga (505 351 birlik) nisbatan 8 252 taga oshib, 513 603 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 41 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 411 306 tadan 418 711 tagacha oshgan (o‘sish 7 405 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 424 tadan 91 230 tagacha (806 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 662 tani tashkil etib, 2023 yilning avgust oyiga nisbatan 41 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2023 yil sentyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,1734 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning avgust oyiga nisbatan 17,3 foizga oshgan. Joriy yilning sentyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 203 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1073

1,0282

1,1376

1,0146

1,1734

Jizzax viloyati

1384

0,9394

2,0000

1,0222

1,0000

Sirdaryo viloyati

1319

0,7577

2,0000

1,0186

1,0000

Qashqadaryo viloyati

1216

0,9838

1,3189

1,0172

4,0000

Namangan viloyati

1161

0,9660

1,3974

1,0177

1,3333

Toshkent viloyati

1145

0,8209

1,5111

1,0128

1,0000

Buxoro viloyati

1105

0,9002

1,2919

1,0158

1,6667

Samarqand viloyati

1092

1,0099

1,1506

1,0134

1,8333

Xorazm viloyati

1091

0,9641

1,1958

1,0243

1,6667

Farg‘ona viloyati

1072

1,1837

1,0303

1,0187

0,7000

Toshkent shahri

1063

1,0611

1,0835

1,0109

1,1885

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1000

0,9656

1,1040

1,0042

0,0000

Andijon viloyati

995

0,8895

1,0887

1,0129

0,8333

Navoiy viloyati

948

0,9798

0,8771

1,0179

1,0000

Surxondaryo viloyati

933

0,9273

0,9659

1,0087

0,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1056

1,0394

1,1759

0,8758

0,9854

Andijon viloyati

1340

1,5947

1,4570

0,7362

1,2500

Qashqadaryo viloyati

1323

0,8129

2,0000

0,8132

2,0000

Toshkent viloyati

1267

0,6867

2,0000

0,8573

1,2727

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1260

0,7325

2,0000

0,9272

0,0000

Toshkent shahri

1248

1,1597

1,5394

0,8970

0,9603

Sirdaryo viloyati

1209

0,5631

2,0000

0,8283

1,0000

Buxoro viloyati

1186

0,6260

1,7080

0,9489

2,5000

Samarqand viloyati

1063

0,8532

1,3418

0,8660

1,2222

Xorazm viloyati

1030

0,7325

1,2766

0,9705

1,6667

Farg‘ona viloyati

1010

0,8706

1,2473

0,8573

0,5833

Jizzax viloyati

971

0,7012

1,2936

0,8795

0,5000

Namangan viloyati

845

0,7265

0,9755

0,8017

0,8000

Navoiy viloyati

817

0,7123

0,8420

0,9150

1,0000

Surxondaryo viloyati

771

0,6652

0,8744

0,8566

0,0000

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar