Infografika: Navoiy viloyatida 2023 yil yanvar-mart oylari davomida assosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tahlil qilindi

Infografika: Navoiy viloyatida 2023 yil yanvar-mart oylari davomida assosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tahlil qilindi

Navoiy viloyatida 2023 yilning yanvar-mart oylarida 3 671,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 54,0% (1 982,9 mlrd. so‘m) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 46,0 % (1 688,7 mlrd. so‘m) moliyalashtirilgan.

Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarda kuzatilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 99,6 % ga ko‘paydi. Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha 2022 yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 198,3 % ga o‘sib, Nurota tumanida kuzatildi. Zarafshon shaharida ham yuqori o‘sish surati kuzatilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 189,9 % ni tashkil qildi. Bu yuqori o‘sish "NAVOIY KON-METALLURGIYa KOMBINATI" aksiyadorlik jamiyati rudani qazib olishni tashkil etish va qayta ishlash ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq.

Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Zarafshon shahrida kuzatildi – 10,0 % yoki 368,2 mlrd. so‘m. Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja G‘azg‘on shahrida kuzatilib, 0,8 % ni yoki 28,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Tomdi tumanida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 15,6 % yoki 571,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar