2021 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo hajmi 1 526,1 mln. dollarni tashkil etadi. Shundan 42,5 mln. dollar yoki 2,8% eksport, 1 483,6 mln. dollar yoki 97,2 % importga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston jahonning 179 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Janubiy Koreya Respublikasi bilan umumiy tashqi savdodagi ulushi 4,7 %ni, eksportda 0,3 %ni, importda 7,3%ni tashkil etadi.
2021 yil yanvar-oktyabr oylarida mashina va transport asbob-uskunalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 422,8 mln. AQSh dollariga oshdi.
Ushbu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berishning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi — 2250,5 mln. AQSh dollari (33,4%), Koreya Respublikasi — 1004,7 mln. AQSh dollari (14,9%) va Rossiya Federatsiyasi — 690,2 mln. AQSh dollari (10,2%) kabi davlatlarga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro savdo ulushi:
- Oziq-ovqat mahsulotlari 0,5 %,ni tashkil etadi. Shundan 3,7 mln. doll. import, 3,7 mln. doll. eksport qilingan;
- Kimyoviy mahsulotlar va buyumlar 12 %ni tashkil etadi. Shundan 184,1 mln. doll. import, 5,0 mln. doll. eksport;
- Energiya va neft mahsulotlari 1 %ni tashkil etadi. Shundan 8,0 mln. doll. import, 0,3 mln. doll. eksport;
- Metallar va metall buyumlar 2 %ni tashkil etadi. Shundan 29,1 mln. doll. import, 5,3 mln. doll. eksport;
- Mashina va uskunalar 72 %ni tashkil etadi. Shundan 1 095,9 mln. doll. import, 1,2 mln. doll. eksport;
- Xizmatlar 6 %ni tashkil etadi. Shundan 84,0 mln. doll. import, 15,1 mln. doll. eksport;
- Boshqa tovarlar 6 %ni tashkil etadi. Shundan 78,8 mln. doll. import, 11,8 mln. doll. eksport;
Izoh qoldirish