Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2017-2022 yillardagi rivojlanish dinamikasini taqdim etdi. “Olmaliq KMK” respublikamizdagi yirik kon-metallurgiya korxonalaridan biri hisoblanadi. Uning ishlab chiqarish quvvatlari Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hududida joylashgan. Jumladan, kombinat “Qalmoqqir”, “Qauldi” konlarida, Sari-Cheku karerida, Angren va Chodak ruda boshqarmalari va “Xandiza”da qazib olinadigan mis-porfirli, qo‘rg‘oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhining boy zaxiralariga ega.... ...
Izoh qoldirish