2023 yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 5 045,6 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 130,7%ni tashkil etgan.
Asosiy vositalar bo‘yicha investitsiyalarning texnologik tarkibida viloyatda qurilish ishlarining ulushi – 54,3%ni, mashinasozlik va asbob-uskunalar sotib olish xarajatlarining ulushi – 40,7%ni va boshqa xarajatlar ulushi – 5,0%ni tashkil etgan.
Viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha 2023- yil yanvar-mart oylarida eng yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand shahri (1171,0 mlrd. so‘m), Samarqand (969,6 mlrd. so‘m), Kattaqo‘rg‘on (765,7 mlrd. so‘m) va Pastdarg‘om (551,8 mlrd. so‘m)tumanlarida kuzatilgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari Kattaqo‘rg‘on (2047,6%), Paxtachi (322,5%), Jomboy (214,2%), Pastdarg‘om (213,4%) va Bulung‘ur tumanlarida (172,7%) kuzatilgan.
Izoh qoldirish