Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlaridan foydalangan holda, 2023 yilning 1-choragi davomida Sirdaryo viloyatning tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi.
Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 215 mln. dollar bo‘lib, shundan 57 foiz – 123 mln. dollar import va 43 foiz – 92 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida – 31 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 71 mln. dollar bilan Qozog‘iston bilan bo‘lib, 4,8 mln.dollar eksport va 66 mln.doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (31 mln.doll.), Afg‘oniston (48 mln.doll.) va Rossiya (26 mln.doll.) davlatlari turadi.
Hisobot davrida hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 56 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 24 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 5 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 2,4 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 2,1 mln. dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari importi 62 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 18 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 21 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 5,5 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 4,6 mln. dollarni tashkil etdi.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 41 foizi Yangiyer shahri, 20 foizi Sirdaryo, 9 foizi Sayxunobod va 9 foizi Boyovut tumanlaridan amalga oshirildi.
Importning 34 foizi Sirdaryo tumaniga va 33,6 foizi Yangiyer shahriga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish